Kecha 31-oktabr kuni Nyu Yorkda kichik yuk avtomobili velosipedchilar yo‘lagiga chiqi katta tezlikda 4-5 km yurgan va yo‘ldagi velosipedchilarni bosib ketgan. Oqibatda 8 kishi vafot etgan 12 kishi jarohatlangan.
Yo‘lak oxirida yuk avtomobili maktab avtobusiga borib urilgan. Qochishga uringan haydovchi politsiya tomonidan yaralanib, hibsga olingan.
Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha u sobiq O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqqan. AQShga 2010-yilda Grin karta orqali kelgan. Uning mashinasidan “Islomiy davlat” terrorchilik guruhiga sodiqlik haqidagi xat topilgan.