Xivada qadimiy yodgorlik uslubida temir yo‘l vokzali quriladi

Obuna bo‘lish
Yangi vokzal binosi loyihasi Ichan-qal’aga yaqin joylashgani tufayli, qurilish uslubi jihatidan unga mos bo‘ladi.

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Xivada qadimiy yodgorlik uslubida qurilgan temiryo‘l vokzali paydo bo‘ladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Zamonaviy vokzal qurib bitkazilganidan keyin bir vaqtning o‘zida 200 nafar  yo‘lovchini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Yangi vokzal Ichan-qal’aga juda yaqin joylashishi munosabati bilan, uning ko‘rinishi atrof muhit manzaralariga mos, qadimiy yodgorlik uslubida bo‘ladi.

"Bino dizayni milliy naqshlar va Xiva me’morchiligi uslubida bo‘lib, tarixiy yodgorlik majmuasi bilan hamohang bo‘ladi. Ayni damda bu yerda qurilishg‘montaj ishlari olib borilmoqda", — deyilgan "O‘zbekiston temir yo‘llari" xabarida.

Xiva vokzali qurilishi Urganchdan Xivagacha temir yo‘l qurish loyihasi asosida olib borilmoqda. Bu yerda quruvchilar 743 ming yer ishlarini amalga oshirdilar hamda rejalashtirilgan 93 sun’iy inshootlardan 63 tasi qurib bitkazdilar. Qurilish maydonlarida 200 dar ortiq mutaxassislar va 100 ga yaqin qurilish texnikasi ishlamoqda.

Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Urganch-Xiva temir yo‘l liniyasi 2017-2018 yillar oralig‘ida ishga tushadi

Yangi liniyaning umumiy uzunligi 31,7 km ni tashkil qilib, kelajakda undan tezurar "Afrosiyob" poyezdlari harakatlanadi.  

Ayni damda temiryo‘lchilar umumiy uzunligi 335 km bo‘lgan "Buxoro-Miskin" temir yo‘li qurilishini davom ettirmoqdalar. Ushbu yo‘l tezurar poyezdlarga mo‘ljallangan. Ayni damda poyezdlar Toshkentdan Urganchgacha  Navoiy — Uchquduq — Miskin yo‘nalishidan, 1064 km masofa bosib bormoqda. Yangi yo‘l qurilishi bitganidan keyin masofa 100 kmga qisqaradi.

Xivada vokzal qurilishi yakunlanganidan keyin sayyohlar, tezurar poyezdlarda Toshkent, Samarqand,  Buxoro va Xiva  orasida sayohat qilishlari mumkin.

Yangiliklar lentasi
0