TOShKENT, 30 okt — Sputnik. Milliy xavfsizlik xizmati Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir jarayonida navbatdagi noqonuniy valyuta operatsiyasini amalga oshirishga qaratilgan xatti-harakatning oldi olindi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" telekanali.
Barcha pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.
Valyutafurushning so‘zlariga qaraganda u ilgari valyutafurushlik bilan shug‘ullangan bo‘lsada, O‘zbekiston prezidenti farmonidan keyin bu ishni to‘xtatgan, ammo so‘m kerak bo‘lgani uchun o‘zidagi xorijiy valyutani sotayotgan mahalda qo‘lga olingan.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi vaqtlarda MXX maxsus operatsiyalar natijasida o‘nlab noqonuniy xorijiy valyutasi savdosi bilan shug‘ullanuvchi shaxslar qo‘lga olindi. Bu chora-tadbirlar natijasida respublikada "valyuta qora bozori" faoliyatini sezilarli kamaytirishga erishildi.