TOShKENT, 29 okt — Sputnik. "Uzbekiston xavo yullari" 29 oktabrdan boshlab, parvozlarni qishgi jadval bo‘yicha amalga oshira boshlaydi, deb xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.
Qishgi masumda Milliy aviakompaniya bir qator yo‘nalishlar bo‘yicha parvozlar sonini oshirmoqda. Undan tashqari Samarqand aeroportidan yangi yo‘nalishlar yo‘lga qo‘yilmoqda.
Samarkand-Istanbul-Samarkand yo‘nalishida yangi yo‘lga qo‘yilgan parvozlar 30-oktabrdan har dushanba, 16-noyabrdan esa har payshanba amalga oshirila boshlaydi.
Shuningdek, MAK Amritsarga parvozlar soni haftasiga 2 marotaba, Seulga – 5 marotaba, Olma-Otaga – 7 marotabagacha oshirilganini xabar qildi.
Yangi qishgi jadval 2018-yilning 24-martiga qadar amal qiladi.