Bugun 29-oktabr kuni talas viloyati ma’muriyai binosi oldida miting bo‘lib o‘tdi. Unda 200-500 gacha fuqarolar ishtirok etishdi, Sputnik Qirg‘iziston xabariga asosan
Namoyishchilar Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev talasliklarni noo‘rin ayblab, ularni Abike va Kobushning avlodlari degani uchun kechirim so‘rashini talab qilishdi. Afsonaga ko‘ra Abike va Kobush qirg‘iz milliy qahramoni Manasning nomunosib aka-ukalari bo‘lgan.
Undan tashqari namoyishchilar Qirg‘iziston hukumatidan qisqa muddat ichida qirg‘iz-qozoq chegarasidagi muammoni hal qilishni va Qozog‘iston bosh vaziri Bakitjan Sagintayevning bayonotiga asosan Qirg‘iziston Bojxona organlaridagi korrupsiya holatlariga qarshi choralar qabul qilishni talab qilishdi.
Namoyish qatnashchilari ommaviy rezolyutsiya qabul qilib tarqalib ketishdi. Ular ushbu talablar bajarilmagan holda 3-noyabr kuni qaytadan namoyishga chiqishga va’da berishdi.