TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Toshkentda 30-31oktabr kunlari O‘zbekiston va Kanada Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning oltinchi raundi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati.
Tadbirda ishtirok etish uchun Kanada Tashqi ishlar, savdo va rivojlanish vazirligining Qutb oldi mintaqasi, Sharqiy Yevropa va Yevrosiyo masalalari bo‘yicha burosi bosh direktori Elison LeKlair boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Tashrif dasturiga, shuningdek, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi, Tashqi savdo vazirligi, Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasida uchrashuvlar o‘tkazish kiritilgan.