TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Moskva va butun Rus patriarxi Kirill umumcherkov yig‘ilishida Rossiya pravoslav cherkovi Moskvaga mehnat migrantlarining kelishlariga to‘g‘ri yondashishini bildirdi.
"Mamlakatimizda mutaxassislar, jamoatchilik orasida demografik mavzu tez-tez ko‘tarilmoqda. Rossiyaning hududi katta, uni o‘zlashtirish, ishlash kerak, ishchi kuchi esa yetishmaydi", — dedi u.
Patriarx Moskvada obodonlashtirish dasturi olib borilayotganligi, uylar, yo‘llar qurilayotganligini aytarkan, bularning barchasini Moskva shahri aholisi qurmayotganligini ta’kidladi, deb yozadi Sputnik Tojikiston.
"Ular pravoslavlar emas. Lekin biz ularga tushunish bilan yondashamiz, chunki biz gastarbayterlar deb ataydigan bu insonlarsiz bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", — dedi u.