TOShKENT, 27 okt — Sputnik. Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda noyabr oyi boshida O‘zbekistonga tashrif buyuradi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.
Qohir Rasulzoda qator ikki tomonlama uchrashuvlar, xususan, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va respublika bosh vaziri Abdulla Aripov bilan muzokaralar o‘tkazishi mo‘ljallangan.
Tashrif kelasi oyning birinchi kunlariga mo‘ljallangan hamda Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etish rejalashtirilgan. Hukumat rahbarlari uchrashuvi 3-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Yig‘ilish kun tartibiga MDH mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qilish kiritilgan.