TOShKENT, 26 okt — Sputnik. 2017-yil 25-oktabrda "Minor" metro bekati oldida kuchli YTH sodir bo‘ldi. Podrobno.uz nashri xabariga asosan.
Xabarda aytilishicha, ayol kishi boshqaruvida bo‘lgan Nexia avtoulovi katta tezlikda stolbaga borib urildi. Buning oqibatida 4 kishi jarohatlandi.
Voqea joyida bo‘lgan guvohlarining so‘zlariga ko‘ra, qutqaruvchilar ayolni mashinadan chiqarib, kasalxonaga olib ketildi.
© AN Podrobno.uz / Mixail DovlatovDTP v Tashkente vozle stansii metro "Minor"
DTP v Tashkente vozle stansii metro "Minor"
Eslatib o‘tamiz, 23-sentabr kuni Toshkent Bunyodkor shoh ko‘chasidan katta tezlikda harakatlanayotgan taksi daraxtga borib urilgan. Buning oqibatida 1950-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi ayol, vafot etgan, uning 8 va 11 yoshli nabiralarining boshi o‘rta og‘irlikda lat yegan. Ular kasalxonaga yotqizilgan.