O‘zbekiston rivojlanish strategiyasiga 6 mingdan ortiq fuqaro o‘z takliflarini kiritdi

© LoggaWigglerPloshad nezavisimosti v Tashkente
Ploshad nezavisimosti v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Fuqarolar tomonidan taklif qilingan eng yaxshi g‘oyalar 2018-yilgi rivojlanish davlat strategiyasi dasturiga kiritiladi.

 

TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Olti mingdan ortiq fuqarolar 2017-yilda o‘tkazilgan islohotlarga baho berib, 2018-yilgi O‘zbekiston rivojlanish strategiyasi borasida o‘z takliflarini kiritishdi, “Rivojlanish strategiyasi” markazi matbuot xizmati xabariga asosan.   

“So‘rovda ishtirok etganlar 2017-yilgi islohotlarga, umumiy hisobda, ijobiy baho berishdi. Masalan, ular ijtimoiy sohadagi islohotlarni qoniqarli deb baholab, ushbu sohada amalga oshirilgan tashabbuslar orasida  kam ta’minlangan oilalarga arzon uylar qurishni eng muhim chora deb hisoblashadi”, — deyilgan xabarda.

So‘rovda 17 yoshdan katta bo‘lgan o‘zbekistonliklar ishtirok etgan. So‘rov tashkilot va muassasalarda, vazirliklarda, oliy qo‘uv yurtlarida va mahallalarda olib borilgan. So‘rov o‘tkazish uchun alohida veb sayt ishlab chiqilgan www.strategy.uz.

Respublika aholisi tomonidan taklif qilingan eng yaxshi g‘oyalar 2018-yilgi Davlat rivojlanish dasturiga kiritiladi. Yaqin orada ular 2017-2021 yilga Harakatlar strategiyasining maxsus milliy komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqiladi.

 

Yangiliklar lentasi
0