TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Quyi Tagil viloyati Dzerjinsk tumanidagi "Sputnik" bozori yonida O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari o‘rtasida ommaviy mushtlashuv yuz berdi, deb xabar qilmoqda Sputnik Tojikiston mahalliy OAVlarga tayangan holda.
Xabarlarga ko‘ra, migrantlar avtomobillar to‘xtash joyi — parkovkani bo‘lisholmagan. Yuz bergan hodisadan so‘ng yetti nafar shaxs politsiya bo‘limiga olib ketilgan.
Mahalliy nashrlarda yozilishicha, to‘polonda migrantlarni ajratmoqchi bo‘lgan ayol jarohatlangan.
Ayni vaqtda yuz bergan hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19-oktabr kuni Moskvada tojikistonlik va armanistonlik ishchilar o‘rtasida janjal yuz bergan.
Hodisa joyiga yetib kelgan huquq-tartibot organlari xodimlari mojaro armanistonlik va tojikistonlik 20 nafar fuqarolar o‘rtasida ro‘y berganini aniqlaganlar. Mushtlashuvda bir kishi jarohatlangan. Fuqaroga voqea joyida yordam ko‘rsatilgan, u kasalxonga yotishdan voz kechgan.