Erdo‘g‘on Abdulla Oripov qalamiga mansub "O‘zbekiston" she’ridan parcha o‘qib berdi

© Pool Photo via APPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev i prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan v Ankare - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Erdo‘g‘on Turkiya O‘zbekistonning do‘sti, qardoshi, qarindoshi sifatida har jihatdan kuchli bo‘lishini orzu qilishi haqida ta’kidladi

TOShKENT, 26 okt – Sputnik. Anqarada O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev hamda Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘rtasidagi muzokaralardan so‘ng bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Turkiya prezidenti O‘zbekiston xalq shoiri, marhum Abdulla Oripovning "O‘zbekiston" she’ridan parcha o‘qib berdi.

Sputnik Turkiyaning xabar berishicha, Erdo‘g‘on Turkiya O‘zbekistonning do‘sti, qardoshi, qarindoshi sifatida har jihatdan kuchli bo‘lishini orzu qilishi haqida ta’kidlagan.

​Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-oktabr kuni Rajab Toyib Erdo‘g‘onning taklifiga binoan Turkiyaga davlat tashrifi bilan keldi.

O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari Shavkat Mirziyoyev va Toyib Erdo‘g‘on o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar yakunida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlikning turli sohalariga doir 20 dan ziyod hujjat imzolandi.

Yangiliklar lentasi
0