TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Noyabr oyida Toshkentga Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko tashrif buyurishni rejalashtirmoqda, deb xabar qildi Sputnik muxbiriga Rossiyaning O‘zbekistondagi savdo vakolatxonasidagi manba.
Suhbatdosh tashrifning aniq sanasi va rejalashtirilgan uchrashuvlar dasturiga aniqlik kiritmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bundan tashqari, yio oxiriga qadar viloyatlar darajasida qator ikki tomonlama tashriflar amalga oshirilishi kutilmoqda.
"Ayni paytda savdo vakolatxonasi tomonidan oktabr-noyabr oylaridagi ishbilarmonlik tadbirlari doirasida biznes-missiyalarning qator rasmiy tashriflariga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Xususan, ushbu davrda Sankt-Peterburg gubernatori Poltavchenko rahbarligidagi madaniy-ishbilarmonlik missiyasi, O‘zbekistonda Chelyabinsk viloyati kunlarini o‘tkazish, Boshqirdiston, Orenburg viloyati, Oltoy o‘lkasi rahbariyatlari tashriflari, shuningdek, Kaliningrad, Omsk, Vladimir, Orlov, Yaroslav va boshqa viloyatlardagi Rossiya korxonalari biznes-missiyalarini o‘tkazish rejalashtirilmoqda", – dedi suhbatdosh.
Uning aytishicha, O‘zbekistonga viloyatlar darajasidagi tashrif so‘nggi marta 2011-yilda, ya’ni 6-yil ilgari Tambov viloyati gubernatorining tashrifi bo‘lgan. 2017-yilning 5-aprelida O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga tashrifi davomida hukumatlararo hujjatlar imzolanganidan so‘ng esa joriy yilning o‘zida ikki mamlakat viloyatlari rahbarlari boshchiligidagi delegatsiyalar tashrifi sakkiz marta amalga oshirildi. Yil oxiriga qadar yana beshta tashrif rejalashtirilgan.