TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston hukumati yaqin qarindoshlar orasida buyrak va jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish tartibi haqidagi vaqtincha nizomni tasdiqladi.
Lex.uz portalida keltirilgan hujjatga muvofiq, buyrak va jigar bo‘lagini transplantatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar faqat davlat tibbiyot muassasalarida amalga oshiriladi va organga muhtoj bemorga faqatgina yaqin qarindoshlari donorlik qilishi mumkin.
Operatsiyani amalga oshiruvchi tibbiyot muassasalari ro‘yxatiga Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy jarrohlik tibbiyot markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi va Toshkent shahar nefrologiya shifoxonasi kiritildi.