TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda Timirazev nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti o‘rtasida akademik hamkorlik haqida shartnoma imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston oliy o‘quv yurti matbuot xizmati xabar berdi.
Kuni kecha ikki oliygoh vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar O‘zbekiston prezidentining "O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida ikki tomonlama strategik hamkorlik va sherikchilik munosabatlarini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorini muhokama qildilar.
Yaqinda Shavkat Mirziyoyev hukumatga qishloq xo‘jalik sohasini rivojlantirish uchun dastur ishlab chiqish vazifasini topshirgandi. Mazkur dasturlarni ishlab chiqishdan asosiy maqsad qishloq xo‘jaligi samaradorligi va rentabelligini oshirishdir.