Rossiya fuqaroligini olishni istaganlar qasamod qiladi

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishBiometricheskie zagranichnie pasporta grajdan RF
Biometricheskie zagranichnie pasporta grajdan RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiyaning yangi fuqarolari uchun qasamod matnini tasdiqladi. Bundan buyon Rossiyaning yangi fuqarolari qasamod keltiradi.

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligiga qabul qilish bo‘yicha yangi qaror imzoladi. Unga ko‘ra Rossiyaning yangi fuqarolari pasport olishdan oldin qasamod qilishlari kerak bo‘ladi.

Prezident qarorida, "Rossiya fuqaroligi olishni istaganlar qasamod qilgan kunidan boshlab  fuqarolikka qabul qilinadi. 18 yoshga to‘lmagan shaxslar bundan mustasno, ular ota-onalari bilan birga, qasamoddan keyin fuqarolikka qabul qilinadi”, — deyilgan.

“Men, (FISh), o‘z ixtiyorim bilan  ongli ravishda Rossiya fuqaroligini qabul qilar ekanman, Rossiya Federatsiyasi Konstitutsiyasi va qonunlariga amal qilishga, fuqarolar huquq va erkinliklarini saqlashga, jamiyat va davlat manfaatlari yo‘lida Rossiya fuqarosi majburiyatlarini bajarishga, Rossiyaga sodiq bo‘lishga, uning madaniyati, tarixi va urf-odatlarini hurmat qilishga qasamod qilaman”, — deyilgan prezident qarorida.   

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya fuqaroligini olish va fuqarolikdan chiqarish haqida qaror imzoladi. Unga ko‘ra, terrorchilik, ekstremizm uchun sudlangan fuqarolar Rossiya fuqaroligidan chiqariladi. Ukrainaliklarga esa Rossiyada yashash ruxsatnomasi  va fuqaroligi soddalashtirilgan tartibda beriladi.

Yangiliklar lentasi
0