Siyosat

Oʻzbekistonning Ispaniya qirolligidagi Muvaqqat ishlari vakili tayinlandi

© Sputnik / Vladimir Fedorenko / Mujchina zastegivayet portfel
Mujchina zastegivayet portfel - Sputnik Oʻzbekiston
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Bu lavozimga Jahongir Ganiyev tasdiqlandi

TOSHKENT, 24 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi maslahatchisi tayinlandi, deb xabar qildi Oʻzbekiston Hukumat portali.

"Tashqi ishlar vazirligining Osiyo-Tinch okeani mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boʻlim boshligʻi lavozimida ishlagan Jahongir Ganiyev Oʻzbekiston Respublikasining Ispaniya Qirolligidagi Elchixonasi maslahatchisi, Muvaqqat ishlari vakili etib tayinlandi", — deyiladi xabarda.

Ilgariroq yana bir tayinlov — Zafar Nurmatov Tashqi ishlar vazirligining MDH mamlakatlari, shu jumladan Rossiya bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi etib tayinlangani haqida xabar bergan edik.

Yangiliklar lentasi
0