Rossiya O‘zbekiston paxtasi uchun "yashil yo‘lak" tashkil qiladi

© Sputnik / Dmitriy Vinogradov / Mediabankka o‘tishTekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane
Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistondan Rossiyaga olib kelinayotgan paxta va to‘qimachilik mahsulotlari uchun yashil yo‘lak tashkil qilinadi. Mahsulotlar Ivanovo viloyatiga yetkizib beriladi.

TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Rossiya Sanoat va savdo vazirligi fikriga ko‘ra "Yashil yo‘lak"  O‘zbekistondan noqonuniy importni oldini oladi, RIA Novosti xabariga asosan.

"Biz "yashil yo‘lak" orqali O‘zbekistondan paxta va to‘qimachilik mahsulotlari noqonuniy importni oldini olmoqchimiz. Bunday mahsulotlari hajmi hozircha ko‘p", — dedi Sanoat va savdo vazirligi vakili Yevgeniy Rijov Toshkentda Xalqaro paxta yarmarkasi doirasida bo‘lib o‘tgan majlisda.

Rijov aytishiga qaraganda paxta va to‘qimachilik mahsulotlari uchun bojxona rasmiy jarayotnlari maksimal darajada osonlashtiriladi. Mahsulotlar kerakli joyga, Rossiya to‘qimachilik markazi hisoblangan Ivanovo viloyatiga yetib borganidan keyin bojxona ko‘rigidan o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2016-yilda Rossiya va O‘zbekiston orasida paxta savdo 300 mln dollarni tashkil qilgan edi. Rasmiy xabarlarga ko‘ra 2018-yilda mahsulot ayrboshlash hajmi 700 mln dollar bo‘lishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0