TOShKENT, 23 okt — Sputnik. “O‘zbekkonsert”ga yangi rahbar tayinlandi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
O‘zbekistonda xonandalar faoliyatini litsenziyalovchi davlat muassasi direktori vaqtincha vazifasini bajaruvchi etib sobiq “Konsert faoliyatini litsenziyalash” bo‘limi boshlig‘i Abduqahhorov Odil Abduganiyevich tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekkonsert” sobiq rahbari Azamat Haydarov ham ushbu lavozimda “vaqtincha vazifasini o‘tuvchi” qo‘shimchasi bilan ishlab kelgan edi.
O‘zbekiston Madaniyat vazirligi xabariga ko‘ra, yangi rahbar o‘z faoliyatini 23-oktabrdan boshlaydi. Bundan ikki kun oldin Abduqahhorov Odil vazirning birinchi o‘rinbosari Ozodbek Nazarbekov tomonidan kollektivga tanishtirilgan edi.
Ushbu yilning fevral oyida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning buyrug‘iga binoan “O‘zbeknavo” va “O‘zbekraqs” estrada uyushmalari o‘rniga “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi tashkil qilingan edi. Yangi muassasa O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tarkibiga kirib, 2,5 mingdang ortiq ijodiy jamoalar va xonandalarnining faoliyatini nazorat qilib turadi.