TOShKENT, 22 okt – Sputnik. O‘zbekiston olimlari kasalliklar va noqulay iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lgan bir necha paxta navlari yaratishdi, Intellektual mulk agentligi xabariga asosan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston olimlari turli kasalliklar (viruslar va patogenlar)ga, zarakunandalarga, sho‘r tuproq va boshqa noqulay iqlim sharoitlariga chidamli bo‘lgan paxta tolasining yangi navlarini yaratishda ulkan natijalarga erishdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tuzilmasi tarkibidagi Genomika va Bioinformatika markazi tomonidan noqulay iqlim sharoitlariga chidamli va sifatli tolaga ega bo‘lgan "Porloq-1", "Porloq-2", "Porloq-3" va "Porloq-4" kabi yangi paxta navlarini yaratildi.
Shuningdek, Seleksiya, urug‘chilik va agrotexnologiya instituti paxtaning "Navruz", "Jarqo‘rg‘on", "C-7300", "S-01", "S-2118" va "C-6570" kabi navlarini yaratib, ularga tegishli patentlar olishgan. Genetika va o‘simliklar eksperimental biologiyasi instituti olimlari ham tadqiqotlar olib borib "Genofond-2" paxta navini yaratdilar.
"Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq yuqorida sanab o‘tilgan yangi paxta tolasi navlari Intellektual mulk agentligida tegishli ekspertizadan o‘tkazildi hamda muhofaza hujjatlari berildi.