TOShKENT, 22 okt — Sputnik. Raqobatni rivojlantirish qo‘mitasi Bekobodda 24ta tashlab qo‘yilgan korxonalarni qayta tiklash bilan shug‘ullanadi, deyilgan muassasa rasmiy xabarida.
Qo‘mita xabarida aytilishiga ko‘ra, qayta inventarizatsiya qilish natijasida oldin xususiylashtirilgan va hozirgi kunda faoliyati to‘xtatilgan 33ta korxona aniqlangan. Ularning ixtiyorida 22,5 gektardan ortiq bo‘sh yer maydonlari va 40,2 ming kv.m binolar borligi aniqlangan.
Bugungi kunda O‘zbekistonning turli viloyatlarida Shavkat Mirziyoyev buyrug‘iga binoan maxsus tashkil qilingan muassasalararo komissiya, faoliyati to‘xtatilgan korxonalarni aniqlab, ularning ishlab chiqarish quvvatini qayta tiklash bilan shug‘ullanmoqda.
Xuddi shunday tartibda oldin Chirchiq tumanida 34ta faoliyati to‘xtatilgan korxonalar aniqlanib ularni qaytatdan ishga tushirish masalasi ko‘rib chiqilgan edi.