TOShKENT, 22 okt — Sputnik. AQSh Markaziy Razvedka boshqarmasi rahbari Maykl Pompeo milliy xavfsizlik vakillari jamlangan Demokratiyani himoya qilish forumida, “Kim Chen In to‘satdan vafot etsa, buni bizdan so‘ramang” — dedi, South China Morning Post xabariga asosan.
“Kim Chen In to‘satdan vafot etsa, MRB tarixini hisobga olgan holda, men bu haqida hech narsa demayman”, — dedi Pompeo kulib.
“MRB tarixini hisobga olgan holda” – deganda, Pompeo dunyoning bir necha mamlakatlari rahbarlari o‘ldirilishida MRBning “qo‘li borligini” haqidgi gumonlarga shama qildi.
Eslatib o‘tamiz, bundan buir necha oy oldin Shimoliy Koreya MRB va Janubiy Koreya Kim Chen Inni biokimoviy qurol yordamida yo‘q qilishga urinib ko‘rishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.