TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Toshkentda Milliy bog‘da qurilish ishlari olib borilayotgan paytda ishchilar yerga ko‘mib qo‘yilgan odam suyaklari topildi. Nuz.uz. internet nashri xabariga asosan.
13 oktabr kuni Milliy bog‘da qurilish ishlari amalga oshirilayotgandi. Ishchilar tomonidan yer qazilayotgan paytda odam skeleti topildi.
Ushbu topilma haqida ishchilar zudlik bilan huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga xabar berdi. Endi sud tibbiy ekspertlar tomonidan shaxsini aniqlash bo‘yicha ekspertiza o‘tkaziladi.
Tezkor xodimlar tomonidan aniqlangan holat yuzasidan tekshiruv o‘tkazilmoqda.