TOShKENT, 19 okt – Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Anvar Rasulovich Karimov O‘zbekiston moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Anvar Karimov soliq va bojxona-tarif siyosati, buxgalteriya hisobi va audit uslubiyoti, narxni shakllantirish va QQS bo‘yicha ortiqcha summani qaytarishni muvofiqlashtirish, agrosanoat majmuasi moliyasi va sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi faoliyati masalalari bo‘yicha rahbarlik qiladi.
Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar Anvar Karimov Sirdaryo viloyati hokimligi moliya bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib ishlagan.