Sochidagi Yoshlar festivalida O‘zbekiston kichik stendi tashkil qilindi

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik talabalar Sochida bo‘lib o‘tayotgan Umumjahon yoshlar festivalida, boshqa mamlakatlar kabi milliy suvenirlari va noz-ne’matlar bilan kichik stend tashkil qilishdi.

Umumjahon yoshlar festivalida 150 mamlakatdan 20 mingdan ortiq ishtirokchi kelgan.  Rossiyaning bir necha hududlari, Belorussiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston va yana bir necha mamlakatlar o‘zlarining milliy stendlarini tashkil qilishgan.

O‘zbekistonning rasmiy stendi yo‘q bo‘lsada, festivalda ishtirok etayotgan talabalar va delegatsiya a’zolari kichik stend tashkil qilishdi.  Stend kichik bo‘lsada u o‘z atrofiga juda ko‘pchillikni jamlashga muvaffaq bo‘ldi.

Sputnik muxibirining ushbu stendda olgan videolavhasi bilan tanishing.

Yangiliklar lentasi
0