Pop–Namangan–Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish 2021-yilda yakuniga yetadi

© Sputnik / StringerElektrovoz O'ZEL-0204
Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha yakuniga yetgach, temir yo‘lda yuk tashish aylanmasi yiliga 962,6 million tonna-kilometrga, yo‘lovchi tashish hajmi esa 32 milliard yo‘lovchi-kilometrga oshadi

TOShKENT, 19 okt — Sputnik. O‘zbekistonda Pop–Namangan–Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish 2021-yilda yakuniga yetadi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

O‘zbekiston prezidenti umumiy qiymati 202 million dollardan ortiq bo‘lgan loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi.

Loyiha Osiyo taraqqiyot bankining 80 million dollarlik krediti, "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJning 72,9 million dollarlik o‘z mablag‘lari va "O‘zbekenergo"ning 11,22 million dollarlik mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi. Shuningdek, O‘zbekiston hukumati 38,72 million dollarni soliq va bojxona imtiyozlari ko‘rinishida taqdim etadi.

Temir yo‘l - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Afg‘oniston temir-yo‘l sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Loyihaning amalga oshirilishi Farg‘ona vodiysining asosiy shaharlarini poytaxt va bosh qa viloyatlar bilan bog‘lab, yuk va yo‘lovchi tashish samaradorligini oshiradi. Bundan tashqari, mazkur yo‘l Xitoy va Janubiy Koreyadan Yevropa va Yaqin Sharq mamlakatlariga olib boradigan yangi xalqaro transport yo‘lagining muhim qismiga aylanadi.

Yana bir muhim jihat shundaki, elektrlashtirilgan temir yo‘llarga o‘tish natijasida havoga chiqadigan uglekislorod gazi 10 ming tonnaga qisqaradi. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, loyiha yakuniga yetgach, temir yo‘lda yuk tashish aylanmasi yiliga 962,6 million tonna-kilometrga, yo‘lovchi tashish hajmi esa 32 milliard yo‘lovchi-kilometrga oshadi.

Respublikada temir yo‘llarining uzunligi 4,2 ming kilometrni tashkil etib, shundan ming kilometrga yaqini elektrlashtirilgan. Mamlakat ichidagi yuk tashish hajmining 60 hamda eksport va import yuklari tashish hajmining deyarli 80 foizi temir yo‘l transportiga to‘g‘ri keladi.

Yangiliklar lentasi
0