O‘zbekistonda kuchli dovul tomlarni ko‘chirib daraxtlarni qulatmoqda

© Facebook / Uzbek-MDKDerevya povalilis na mashini v Tashkente
Derevya povalilis na mashini v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston poytaxtida ob-havo keskin yomonlashib, kuchli shamol natijasida daraxtlar mashinalar ustiga quladi

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Facebookdagi Uzbek MDK guruhida kuchli shamol oqibatida bino tomi odamlar ustiga tushib ketganligi haqida video rolik joylashtirildi.

Shamol oqibatlari aks etgan video roliklar va suratlar internet tarmoqlarida bir zumda tarqaldi. Ularda daraxtlar shoxlari mashinalar ustiga qulab tushganligini ko‘rish mumkin.   

Foydalanuvchilar o‘z izohlarida mazkur kuchli shamolni Moskvada bo‘lgan kuchli dovuliga o‘xshatishdi. O‘sha kuchli dovul vaqtida mingdan ortiq daraxtlar qulagandi. Shuningdek, 20 ortiq aholi istiqomat joylari elektr ta’minotidan uzilib, 30 ta ko‘p qavatli va xususiy uylarning tomi buzilgandi.

Buxorolik internet foydalanuvchilari ham shaharda kuchli shamol ko‘p qavatli binoning tomini ko‘chirib yuborgani tasvirlangan videolavha joylashtirishdi. 

Tem vremenem v Buxare 😱 t.me/troll_uz

Publikatsiya ot TROLL.UZ (@troll.uz) Okt 17 2017 v 11:12 PDT

 

Yangiliklar lentasi
0