TOShKENT, 18 okt — Sputnik, Tatyana Milkovich. Sochi shahrida o‘tkazilayotgan XIX umumjahon yoshlar festivaliga turli mamlakatlardan 20 mingdan ortiq talabalar kelishdi. Ular orasida o‘zbeklarni topish oson ish emas. Kutilmaganda bu masalada Che Gevaraning kitobi yordamga keldi.
Festival bo‘lib o‘tayotgan Olimpiya parkida turli uchrashuv va tadbirlar bilan qaynab toshmoqda. Yo‘l tashvishlari va tantanali ochilish marosimi ortda qoldi.
Turli tillarda so‘zlashishiga qaramasdan yoshlar bir-birini yaxshi tushunib, faol ravishda istiqbolli fikrlarini bayon qilishmoqda.
Forum ishtirokchilari g‘ayrat bilan o‘z loyihalarini tushuntirmoqdalar. Ular go‘yoki tog‘ni talqon qilishga tayyor. Lekin ular orasida o‘zbekistonliklarni topish qiyin.
Markaziy Osiyo davlatlari stendlari qo‘yilgan pavilonga bordim. Mana Qirg‘iziston yoshlari o‘zlarining milliy kiyimlarida mamlakati haqida so‘zlab berishmoqda. Ular yonida milliy yorqin liboslarda chiroyli tojikistonlik qizlar mehmonlarni qutlashmoqda.
Lekin bu yerda ham O‘zbekiston stendi yo‘q. O‘zbekistonliklarni izlashni davom etib, belaruslar stendiga yetib bordim. U yerda Belarus yoshlari rasmiy va milliy belgilar bilan bezatilgan kiyimlarda barcha qatnashchilarni asal bilan mehmon qilishmoqda. Shuningdek, shu yerda xokkeistlar formasini kiyib ko‘rish va o‘z kuchini sinash uchun tosh ko‘tarish mumkin.
Ularning qo‘shnilari —vyenamliklar. Ular an’anaviy poxoldan yasalga shlyapalarda barcha ishtirokchilar bilan selfi rasmga tushishmoqda.
O‘zbek tilida Che Gevara kitoblari bormi?
Keyingi stendda komandante Che Gevaraning kitoblari qo‘yilgan. Kutilmaganda "Aytingchi, sizda o‘zbek tiliga tarjima qilingan bu kitoblar bormi?" — degan savol eshitildi. Qayrilib qarasam, kelishgan yosh yigit turgan ekan. Shundan keyin kitob haqidagi gap hazil ekanligini tushundim.
"Yo xudo, siz O‘zbekistondanmisiz? Men uzoq vaqt o‘zbeklarni qidirgandim!", — o‘z omadimga ishonmagan holda aytdim.
"Va ulardan eng yaxshisini toptingiz!", — deb xushchaqchaqlik bilan oldimizda odamlar ko‘lgisi sadosi ostida javob berdi.
Mening tasodifiy suhbatdoshim — Maxmudjon Karimjonov. Yoshi 23 da. U po‘lat va qotishmalar texnik tadqiqotlar milliy universiteti (MISiS) talabasi. Shu bilan birga Maxmud ushbu oliygohda o‘zbekistonlik talabalar kengashi raisi ekan.
Biz qizg‘in suhbatlashdik. Suhbatimiz davomida Moskvada qanday tahsil olayotganligi, oliygohda vatandoshlarning Rossiyada bo‘lish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal qilish borasida qilayotgan ishlari va turli dam olish tadbirlarini uyushtirishi to‘g‘risida batafsil so‘zlab berdi.
Maxmud Sochi shahrida o‘tkazilayotgan festival haqida ham o‘z fikrlarini bildirdi. Jumladan, turli xorijiy davlatlardan ishtirokchilar kelgan bo‘lishi qaramasdan, yoshlar orasida o‘zaro birlik va hamjihatlik muhiti shakllanganligini alohida e’tirof etdi.
Oltin "Yoshlik"
Kelgusi rejalar haqida so‘z borganda, xushchaqchaq bo‘lgan yigit tezlik bilan jiddiylashib, "birinchi navbatda Rossiyada, keyinchalik hammasi ro‘yobga chiqsa Germaniyada o‘qishni tugatib, O‘zbekistonga qaytaman va davlat ravnaqi yo‘lida ishlamoqchiman", — deb ta’kidladi.
"Toshkent viloyatida Olmaliq tog‘-metallurgiya kombinati bor. U yerda har yili Rossiyada o‘qimoqchi bo‘lgan yoshlar saralab olinadi. Mening omadim keldi. Tanlovdan o‘tib, barcha imtihonlarni a’lo darajada topshirdim. Endi kombinat mening o‘qishimga to‘layapti. O‘qishni bitirgandan so‘ng, men metallurgiya sohasi rivojlanishiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman. U yerda oltin qazib olish bo‘yicha yangi kon aniqlandi. Uni "Yoshlik" deb nomlashdi. O‘ylayman, kelgusida o‘qishni bitirgach, o‘sha yerda ishlayman", — dedi Maxmudjon.
Biz festivalning qiziqarli voqealari haqida fikr almashdik. Maxmudjon meni O‘zbekistonga taklif qilib, Toshkent, Samarqand, Buxoro shaharlarning ko‘zga ko‘ringan joylarini ko‘rsatishga va’da berdi. Biz telefon raqamlari bilan almashdik. O‘ylaymanki, biz tez orada yana albatta uchrashamiz.