TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Poytaxt rahbariyati Toshkentda elektrlashtiirlgan tezurar halqa temir yo‘ temiryo‘l qurish g‘oyasidan voz kechdi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu g‘oyadan zich joylashgan shahar inshootlari orasida amalga oshirilishi mushkul bo‘lgani tufayli vo kechishdi. Loyihani yangi variantini ishlab chiqish uchun yetakchi xorijiy mutaxassislar taklif qilindi.
"Dastlabki loyiha o‘ng va chap tomonga harakatlanuvchi yer usti temir yo‘li qurishni nazada tutgan edi. Umumiy uzunligi 72,1 km bo‘lgan yo‘lning 6 km turli estakada va ko‘priklardan iborat edi.
Davlat rahbarining topshirig‘i bilan, zich joylashgan binolarga zarar yetkizmaslik uchun, yangi optimallashtirilgan loyiha qabul qilindi. Estakada ko‘rinishida bo‘lgan yangi yer usti metro yo‘nalishi shahar inshootlariga va amal qilayotgan korxonalarga imkon qadar kam zarar yetkizadi", — deyilgan "O‘zbekiston Temir yo‘llari" rasmiy xabarida.
Yangi optimallashtirilgan loyihaga binoan temir yo‘lining umumiy uzunligi 52,1 km tashkil qilib, u qurilayotgan va rejalashtirilayotgan metropoliten yo‘nalishlari bilan kesishgan bo‘ladi. Qurilish muddati 4-yil: 2017-2021 yillar.
Yangi yo‘nalishda bekatlar soni 35 taga yetadi, loyihaning umumiy qiymati 422,3 mln dollarni tashkil qiladi.
Eslatib o‘tamiz, dastlabki loyiha qiymati 320 mln dollarni tashkil qilib, uning 115 millionini Xitoyning Eksimbanki tomonidan moliyalashtirilishi kerak edi.