Ramzan Qodirov buxorolik chechen ayolni vataniga olib kelishga va’da berdi

© Sputnik / StringerRamzan Kadirov i jitelnitsa Buxari
Ramzan Kadirov i jitelnitsa Buxari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Buxoroda Qodirovga keksa yoshli ayol kelib, unga 50-yillarda O‘zbekistonga kelib qolganini aytib berdi. Checheniston rahbari uni kelasi yil Vataniga olib kelishga va’da berdi.

TOShKENT, 18 okt — Sputnik. Checheniston rahbari Ramzan Qodirov kelasi yil buxorolik Buka Umayevani Grozniyga olib kelishga va’da berdi deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.

Eslatib o‘tamiz Ramzan Qodirov 17-oktabr kunlari Samarqand va Buxoro yodgorliklarini va ziyoratgohlarini tomosha qildi.

Ramzan Kadirov posetil Samarkand - Sputnik O‘zbekiston
Checheniston prezidenti Imom Buxoriy va Islom Karimov qabrlarini ziyorat qildi

"Buxoroda kutilmaganda mening yonimga keksa ayol Buka Umayeva keldi. U O‘zbekistonda 50-yillardan buyon yashar ekan. Genotsid yillari Chechenistondan quvilgan ekan. Meni yonimga kelib quchoqlab oldi, minnatdorlik bildirdi. Men buni kutmagan edim. Men uchun ko‘pni ko‘rgan qariyalarning munosabati juda qadrli. U ayol men otam ta’lim olgan Buxoro madrasasiga borayotganimni eshitib ataylab, meni ko‘rish uchun shu yerga kelgan ekan. Biz uzoq gaplasha olmadik", — deb yozgan ushbu uchrashuv haqida Qodirov o‘zining Telegram kanalida.

Keksa ayol Qodirov bilan Chechenistonda uchrashishni istagan ekan.

"Kelasi yil yozda, u kishi tayyor bo‘lishi bilanoq, albatta Chechenistonga olib kelaman. Axir biz aynan o‘z ota-onamizning o‘z yeriga, o‘z xalqiga bo‘lgan mehri tufayli hayotga kelganmiz", — dedi Ramzan Qodirov.

Samarqand va Buxoroning tarixiy yodgorliklari Ramzan Qodirovda ulkan taasurot qoldirdi.

"Men dunyoning turli burchaklariga doimiy ravishda sayohat qilib yuradigan, lekin Toshkent, Samarqand va Buxoroda bo‘lmagan odamlarni tushunmayman. Bu hudud asrlar davomida dunyo sivilizatsiyasining qudratli markazlaridan biri bo‘lgan. Ushbu o‘lkaning o‘tgan zamondagi ulkan kuchi va qudrati haqida guvohlik beruvchi ko‘p sonili tarixiy me’morlik yodgorliklari insonni hayratga soladi", — deb yozgan Qodirov o‘z Instagram sahifasida.

Checheniston rahbari Samarqandda Shohi Zinda va Go‘r Amir va Xo‘ja Doniyor maqbaralarida bo‘ldi.

Assalamu alaykum! Mne trudno ponyat lyudey, kotorie sistematicheski puteshestvuyut po miru, no ni razu ne bivali v Tashkente, Samarkande, Buxare. Etot region na protajenie stoletiy yavlyalsya odnim iz mogushestvennix sentrov mirovoy sivilizatsii. Porajayet voobrajenie ogromnoe kolichestvo velichestvennix pamatnikov istorii i arxitekturi, naglyadno svidetelstvuyushix o biloy sile i mogushestve etogo kraya. Vo vtornik ya posetil seliy rad dvorsov, mechetey, mavzoleyev. Ix nazvaniya izvestni vsemu miru. Prejde vsego, skaju o komplekse Shaxi Zinda, sostoyashem iz neskolkix mavzoleyev. Zdes pokoitsya dvoyurodniy brat Poslannika Allaxa ﷺ — Kusam ibn Abbas. Sam Prorok ﷺ govoril, chto Kusam ibn Abbas bolshe, chem drugie poxoj na nego xarakterom i vneshnostyu. Kusam ibn Abbas bil iz tex, kto lichno ulojil Moxammada ﷺ v mogilu. On rasprostranyal islam v Sredney Azii, gde zavershilsya yego jiznenniy put. Takje ya pobival v mavzolee Gur-Emir, gde poxoroneni Amir Timur i yego potomki. Kompleks priznan odnim iz shedevrov srednevekovya. Zdes je pokoitsya i velikiy matematik i astronim Ulugbek, yavlyavshiysya vnukom Tamerlana. Pro mavzoley Timura yest nekotorie dostovernie fakti, imevshie mesto v istorii. Tak, 19-iyunya 1941 goda vlasti vskrili mogilu, a cherez tri dnya nachalas voyna. V Samarkande ya pobival na meste zaxoroneniya Xodja Daniyora. V mire yego nazivayut po-raznomu: Prorokom Daniilom, Danielem, Daniyorom… Mogilu poseshayut lyudi so vsego sveta, lyudi sovershenno raznix religiy. #Kadirov #Rossiya #Chechnya #Samarkand

Publikatsiya ot Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) Okt 17 2017 v 2:52 PDT

Yangiliklar lentasi
0