TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Domodedovo aeroporti xodimlarining xizmat xonasida politsiya tomonidan 2 dona pichoq va 1 dona ekstremistik kitob aniqlandi, deb xabar qildi RIA Novosti huquqni muhofaza qiluvchi organlarga tayangan holda.
"Xizmat xonalarning birida o‘tkazilgan tezkor profilaktik tadbirlar davomida 2 dona pichoq va 1 dona Rossiyada ekstremistik deb hisoblangan kitob aniqlandi", — deb ma’lum qildi agentlikning suhbatdoshi.
"Ushbu xizmat xonasini S7 i "Globus" aviakompaniyalariga tegishli bo‘lgan samolyotlarini tozalash ishlarini amalga oshiruvchi korxona xodimlari egallaganlar", — deb qo‘shimcha qildi manbaa.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘zdan kechirish davomida ushbu xonada 5 nafar Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Aniqlanishicha, ushbu fuqarolarda Rossiyada bo‘lish muddati o‘tib ketganligi aniqlandi. Ularga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik haqida ishlar ochildi.
Hozirgi vaqtda politsiya tomonidan pichoqlar va taqiqlangan adabiyot egasi qidirilmoqda. Tergov olib borilmoqda.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushbu xabar rasman tasdiqlangani yo‘q.