Ramzan Qodirov: Mirziyoyev Chechenistonga tashrif buyurishga va’da berdi

© Sputnik / Mixail Klimentyev / Mediabankka o‘tishGlava Chechni Ramzan Kadirov
Glava Chechni Ramzan Kadirov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bugun Qodirov Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ladi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Grozniyga tashrif buyurishga va’da berdi, deb yozdi Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov o‘zining Instagram sahifasida.

Qodirovning aytishicha, u O‘zbekiston va uning poytaxtiga kelishni anchadan buyon kutgan.

"Toshkentda meni muhtaram prezident Shavkat Mirziyoyev qabul qildi. Men do‘stona va iliq ruhdagi uchrashuv uchun Shavkat Miromonovichga minnatdorlik bildiraman. U mening aziz otam, Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti, Rossiya qahramoni Ahmat hoji Qodirovni sirtdan yaxshi bilishi, uning terrorizmga qarshi kurashidan boxabar ekanligi men uchun yangilik bo‘ldi. U haqida imom Al Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori, Ahmat hojining ustozi va oilamizning yaqin do‘sti Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf ko‘p marta gapirib bergandi", — deb yozadi Qodirov.

Assalamu alaykum! V ponedelnik ya sovershil poyezdku v stolitsu Uzbekistana — Tashkent. Ya davno jdal vstrechi s Uzbekistanom i yeyo stolitsey. V Tashkente menya prinyal uvajayemiy Prezident @mirziyoyev_sh Shavkat Mirziyoyev. Ya blagodaren Shavkatu Miromonovichu za isklyuchitelno drujeskiy i topliy xarakter besedi! Dlya menya stalo otkroveniyem, chto on zaochno ochen xorosho znal moyego dorogogo OTSA, Pervogo Prezidenta ChR, Geroya Rossii Axmat-Xadji Kadirova, bil prekrasno osvedomlen o yego borbe s terrorizmom. O nyom yemu mnogo rasskazival rektor Tashkentskogo Islamskogo instituta imeni imama Al-Buxari, uchitel Axmata-Xadji i blizkiy drug nashey semi — Sheyx Muxammad Sadik Muxammad Yusuf. Ya podelilsya, s kakoy iskrenney lyubovyu Axmat-Xadji otnosilsya k Uzbekistanu i yeyo narodu. Mi obsudili seliy rad voprosov vzaimovigodnogo sotrudnichestva v ekonomike, sotsialnoy sfere, kulture, sporte, investitsionnoy politike. Mi dogovorilis sovmestnimi usiliyami dobitsya ustanovleniya tesnix svazey mejdu Uzbekistanom i Chechney, vivesti ix na bolee visokiy uroven, pridat xarakter sistemnosti. Ya ubedilsya, chto v litse Shavkata Miromonovicha narod Uzbekistana poluchil po milosti Allaxa nastoyavshego lidera, kotoriy bezmerno lyubit svoy narod, svoyu stranu, gotov vsyu svoyu jizn posvatit slujeniyu svoyemu Otechestvu! On znayet, kak vivesti Uzbekistan v chislo naibolee ekonomicheski i politicheski razvitix i stabilnix stran! Ya priglasil Shavkata Miromonovicha v udobnoe dlya nego vremya nanesti drujeskix vizit v region Rossii —Chechnyu! Prezident dal obeshanie priyexat v Grozniy! #Kadirov #Mirziyoyev #Rossiya #Uzbekistan #Chechnya

Publikatsiya ot Ramzan Kadyrov (@kadyrov_95) Okt 16 2017 v 12:22 PDT

 

Checheniston rahbari shuningdek, O‘zbekiston prezidenti bilan bo‘lib o‘tgan suhbat haqida ham aytib o‘tgan.

"Men Ahmat hoji O‘zbekiston va uning xalqiga chin qalbdan mehr-muhabbat bilan munosabatda bo‘lganligini aytib berdim. Biz iqtisodiyot, ijtimoiy soha, madaniyat, sport va investitsion siyosat borasida o‘zaro hamkorlikning qator masalalarini muhokama qildik", — deydi u.

Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar birgalikda O‘zbekiston va Checheniston o‘rtasida mustahkam aloqalarni o‘rnatish, munosabatlarni yanada yuqori darajaga olib chiqish, muntazamlik tusini berishga kelishib olishgan.

"O‘zbekiston xalqi Alloh muruvvati bilan Shavkat Miromonovich timsolida o‘z xalqi, o‘z yurtini cheksiz sevuvchi, butun hayotini o‘z Vataniga xizmat qilishga bag‘ishlashga tayyor haqiqiy yetakchiga ega bo‘lganiga ishonchim komil bo‘ldi. U O‘zbekistonni qanday qilib iqtisodiy va siyosiy jihatdan rivojlangan va barqaror mamlakatga aylantirishni biladi! Men Shavkat Miromonovichga o‘ziga qulay vaqtda Rossiya regioni – Chechenistonga do‘stona tashrif buyurishni taklif qildim. Prezident Grozniyga borishga va’da berdi!", — deb yozadi Ramzan Qodirov.

Bugun Qodirov Samarqand va Buxoro shaharlarida bo‘ladi.

Yangiliklar lentasi
0