TOShKENT, 16 okt — Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 17-oktabrdan boshlab valyuta operatsiyalari bo‘yicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy to‘lovlari uchun xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini yangiladi.
Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 6 so‘m 69 tiyinga ko‘tarilib, 8058 so‘m 77 tiyinni tashkil qildi. 1 yevro qiymati esa 65 so‘m 07 tiyinga ko‘tarilib, 9515 so‘m 80 tiyin miqdorida belgilandi.
Eslatib o‘tish kerak, valyuta qiymatini belgilash chog‘ida Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.