Argentinaning Buenos-Ayres shahrida ofitsiantlar qiziq musobaqada ishtirok etishdi. Uniforma kiygan ofitsiantlar qo‘llarida chimliklar qo‘yilgan patnis ushlab bir yarim kilometr masofaga yugurish bo‘yicha poyga uyushtirishdi.
Tashkilotchilar ushbu g‘ayrioddiy musobaqada ishtirok etayotgan xizmatchilarni yoshiga qarab uch guruhga bo‘ldi. 30 yoshgacha, 31-45 yoshli va 45 yoshdan oshgan ofitsiantlar guruhlari.
Ushbu qiziqarli musobaqa Argentinada 1908 yilda boshlangan va o‘shandan beri urfga aylangan. Bundan 109-yil oldin bir guruh ofitsiantlar shu tariqa kim eng zo‘r ofitsiant ekanini aniqlamoqchi bo‘lishgan ekan.