TOShKENT, 16 okt – Sputnik. Jasur Ibrohimov ishi yuzasida bugunga belgilangan sud majlisi payshanba kuniga qoldirilidi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
“Jasur Ibrohimov ishi yuzasidan taqdim etilgan materiallar soni ko‘pligi tufayli davlat ayblovchisi ularning barchasi bilan tanishib chiqishga ulgurmagan. Ushbu munosabat bilan sud majlisi payshanba 19-oktabrga qoldirildi”, — deyilgan xabarda.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi sud majlisi 12-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda guvohlar Firdavs, kasalxona hamshirasi Siddiqova va voqeani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan usta Miravlo Temirovlar ko‘rsatma berishgan edi.