TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Soat 17:00 ga qadar 40 % qirg‘izistonliklar ovoz berishga ulgurishdi, deb xabar qilmoqda Qirg‘iziston Markaziy saylov qo‘mitasi.
Shunday qilib, soat beshga qadar saylovda ishtirok etgan fuqarolar soni 1 mln 213 ming 803 nafarni tashkil qildi. Shu damda saylovda eng faol ishtirok etgan viloyat — O‘sh viloyati bo‘lib qolmoqda. U yerda saylovda ishtirok etgan fuqarolar soni 52,8 %ni tashkil qildi.
Talas viloyatida saylovda qatnashgan fuqarolar soni 45,8 %ni tashkil qildi. Eng faol viloyatlar orasida uchinchi o‘rin esa — Bishkekka tegishli bo‘ldi. U yerda ham 45% saylovchi ovoz berishdi.
Narin viloyati 41,95 %, Issiq-ko‘lda — 40,59 %, Batkenda — 37,3 % saylovichlar o‘z fuqarolik burchlarini bajarishdi.
Saylovga eng befarq bo‘lgan viloyatlar Chuy va Jalol-Obod viloyatlari bo‘ldi. U yerda o‘rtacha 36-37 % aholi saylovda ishtirok etdi.
Qirg‘izistonda prezident saylovini kuzatib borayotgan ShXT bosh kotibi Rashid Alimov Respublika bo‘ylab barcha uchastkalarda saylov yaxshi o‘tkazilayotganini, qoidabuzarliklar kuzatilmaganini xabar qildi.