TOShKENT, 15 okt — Sputnik. O‘zbekiston taraqqiyot va rivojlanish fondi Toshkent shahri infratuzilmasini yaxshilash va obodonlashtirishga hamda turli inshootlar qurilishiga 50 mln dollar ajratadi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri.
Ushbu mablag‘lar, shuningdek, suv ta’minoti va kanalizatsiya muammolari, ichki va mahalla yo‘llarini ta’mirlash, ijtimoy obyektlar moddiy-texnik bazasini yaxshilash xizmat uylari barpo etish va boshqa maqsadlarda ishlatiladi.
Eslatib o‘tamiz Toshkentda yaqin besh yil ichida, hatto O‘rta Osiyo miqyosida yirik bo‘lgan, bir qator loyihalar amalga oshirish rejalashtirilgan. Ular orasida Sergeli metro yo‘nalishi qurilishi, Yunusobod yo‘nalishi uzaytirilishi rejalashtirilgan. Undan tashqari Toshkent atrofida tezurar temir yo‘l halqasi qurilishi rejalashtirilgan. Ushbu obyektlarning umumiy qiymati 500 mln dollardan ortiq.
Toshkent markazi ham sezilarli darajada o‘zgarishi kutilmoqda. Bu yerda umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ortiq Tashkent City biznes majmuasi qurilishi rejalashtirilmoqda. Loyiha doirasida balandligi 40 qavatgacha bo‘lgan biznes markazlari va 12 qavatli turar joylar qurilishi belgilangan.
Toshkentda qurilishi belgilangan yana bir obyekt bu Paxtakor futbol klubining yangi stadioni bo‘lib, uni qurish bilan SFI Management Group nomli xorijiy kompaniya shug‘ullanadi. Stargate Systems nomli yana bir xorijiy kompaniya Toshkent markazida yangi zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘i qurilishi bilan shug‘ullanadi.