Britaniyalik yozuvchiga O‘zbekistonning "Oltin qalam" mukofoti topshirildi

© uz24.uzStatuetka premii "Oltin Kalam"
Statuetka premii Oltin Kalam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun Karolina Pink "Oltin qalam" mukofotiga sazovor bo‘ldi

TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Buyuk Britaniyaning yetakchi nashriyotlaridagi qator turizm va sayyohlikka bag‘ishlangan maqolalar va "Samarqand" kitobining muallifi Karolina Pinkga (Eden) jurnalistika sohasidagi "Oltin qalam" XII Milliy mukofoti topshirildi.

Masofadan boshqariladigan fotokamera, futbol uchrashuvi vaqtida - Sputnik O‘zbekiston
"Oltin qalam" XII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov e’lon qilindi

mukofotni topshirish marosimi O‘zbekistonning London shahridagi elchixonasida bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston TIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, u O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi madaniy aloqalarni mustahkamlash, Britaniya turistlarining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishini qondirish, qadimiy tarixini, arxitektura va boshqa diqqatga sazovor joylarni ommalashtirishga qaratilgan ahamiyatli hissalari uchun mukofotlangan.

Yozuvchi O‘zbekistonga bo‘lgan alohida munosabati va "Samarqand" kitobini nashr etishdagi muvaffaqiyatini inobatga olib, kelgusi yili "Dastarxan" deb nomlangan yangi kitob yozishni rejalashtirmoqda. Ushbu kitob O‘zbekistonning noyob an’analari va tarixiga bag‘ishlanadi.

Yangiliklar lentasi
0