TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkmaniston Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi hayotida yanada faol ishtirok etish istagini bildirishdi, dedi MDH ijroiya qoʻmitasi rahbari Sergey Lebedev Sochida boʻlib oʻtgan majlis yakunida.
“Oʻzbekiston va Turkmaniston vazirlari tomonidan eʼlon qilingan bayonotlardan qoniqqanimni yashira olmayman. Ular MDH hayotida faolroq ishtirok etish istagini bildirishdi. Men ijroiya qoʻmita raisi sifatida ushbu ikki mamlakatning MDH iqtisodiy kengashi faoliyati ishtirok eta boshlaganini qayd etmoqchiman”, — dedi Lebedev.
Undan tashqari Lebedev Turkmaniston kelasi yilda MDH raisligiga sherik boʻlishga tayyorligini bildirdi.
“Navbat boʻyicha kelasi yilda MDH ijroiya qoʻmitasida Tojikiston raislik qiladi. Rossiya va Turkmaniston rais yordamchilari boʻladi. Kengash ishtirokchilari ushbu qarorni qoʻllab-quvvatlashdi”, — deb qoʻshimcha qildi Sergey Lebedev.