O‘zbekiston delegatsiyasi Moskvada ishlayotgan o‘zbeklarning yashash sharoiti bilan tanishdi

© Press-slujba Agentstva po voprosam vneshney trudovoy migratsiiVo vremya posesheniya gostevix domov Perviy zamestitel ministra zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan E.Muxitdinov i glava Agentstva X.Asamov oznakomilis s usloviyami projivaniya, pitaniya rabotnikov
Vo vremya posesheniya gostevix domov Perviy zamestitel ministra zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan E.Muxitdinov i glava Agentstva X.Asamov oznakomilis s usloviyami projivaniya, pitaniya rabotnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Delegatsiya bir guruh kompaniyalar va tekstil sanoati sohasida Moskva viloyati hududida faoliyat yurituvchi moskvalik ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilgan yotoqxonalarni ko‘zdan kechirdi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi delegatsiyasi Moskva viloyatida mehnat kelishuvi asosida ishlayotgan o‘zbekistonliklarning tijoriy mehmon uylari (yotoqxona)dagi sharoitlari bilan tanishdi.

Moskovskaya oblast priglashayet shvey iz Uzbekistana na rabotu - Sputnik O‘zbekiston
Novvoy-qandolatchi, texnolog va tikuvchilar Rossiyaga ishga taklif qilinmoqda

Agentlik matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov va Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi rahbari X.Asamov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi, deb yozadi RIA Novosti.

"Ushbu tashrifdan ko‘zlangan maqsad Rossiya Federatsiyasiga Agentlik tomonidan yuborilgan O‘zbekiston fuqarolari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rganishdan iborat", — deb ma’lum qilingan matbuot xizmati tomonidan.

Xususan, delegatsiya bir guruh kompaniyalar va tekstil sanoati sohasida Moskva viloyati hududida faoliyat yurituvchi moskvalik ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilgan bir qator tijoriy mehmon uylari (yotoqxonalar)ni ko‘zdan kechirdi.

Mehmon uylariga tashrif chog‘ida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o‘rinbosari E.Muxitdinov va Agentlik rahbari X.Asamov ishchilarning yashash, ovqatlanish sharoitlari, O‘zbekiston fuqarolarining mehnat faoliyatini amalga oshirishlari uchun tegishli hujjatlar (patent)ni olgunga qadar moslashish muddatlarini belgilash masalalari bilan tanishdilar.

© Press-slujba Agentstva po voprosam vneshney trudovoy migratsiiDelegatsiya Moskva viloyati hududida faoliyat yurituvchi moskvalik ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilgan yotoqxonalarni ko‘zdan kechirdi
Vo vremya posesheniya gostevix domov Perviy zamestitel ministra zanyatosti i trudovix otnosheniy Respubliki Uzbekistan E.Muxitdinov i glava Agentstva X.Asamov oznakomilis s usloviyami projivaniya, pitaniya rabotnikov - Sputnik O‘zbekiston
Delegatsiya Moskva viloyati hududida faoliyat yurituvchi moskvalik ish beruvchilar tomonidan moliyalashtirilgan yotoqxonalarni ko‘zdan kechirdi

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya hukumatlari o‘rtasida aprel oyida Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun O‘zbekiston fuqarolarini tashkiliy jalb etish to‘g‘risida Bitim imzolangandi.

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining ma’lumot berishicha, hujjat imzolanganidan buyon o‘tgan davr mobaynida 600dan ortiq fuqarolar tashkiliy jalb etish doirasida Rossiya Federatsiyasiga jo‘natilgan.

Rossiya IIVning ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda Rossiyada 1,7 million nafar O‘zbekiston fuqarosi yashamoqda.

Yangiliklar lentasi
0