Shavkat Mirziyoyev Cochi shahriga keldi

Obuna bo‘lish
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazadi

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 10-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasining Sochi shahriga keldi. Bu haqda prezidentning matbuot xizmati xabar berdi.

Ministr inostrannix del Respubliki Uzbekistan Abdulaziz Kamilov - Sputnik O‘zbekiston
Abdulaziz Kamilov Sochidagi MDH TIVK majlisida ishtirok etadi

Xabarga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyevni Sochi xalqaro aeroportida MDH Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev, Sochi shahri meri Anatoliy Paxomov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

MDH Davlat rahbarlari kengashi majlisining asosiy tadbirlari 11-oktabrga mo‘ljallangan. Majlis kun tartibiga Hamdo‘stlik doirasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirishga doir 20 dan ortiq masala kiritilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sochi shahrida ikki tomonlama qator uchrashuvlar ham o‘tkazadi.

 

Yangiliklar lentasi
0