TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarida bir qator yangi rahbarlar tayinlandi, deb xabar qilmoqda FVV matbuot xizmati.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari etib podpolkovnik Sotiyev Xurshid Tulkinboyevich tayinlandi. Bundan oldin Sotiyev Navoiy viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan edi.
Samarqand viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari etib podpolkovnik Meyliyev O‘lmas Pardayevich tayinlandi. Bundan oldin Meyliyev Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelgan edi.
Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbari lavozimiga podpolkovnik Jamolov Abror Baxtiyorovich tayinlandi. Bundan oldin Jamalov FVV markaziy apparati tezkor boshqaruv boshqarmasi rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.