TIV Moskva viloyatida 6 o‘zbekistonlik yo‘qolgani haqidagi xabarga izoh berdi

Obuna bo‘lish
Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Moskva viloyatidagi "Sindika" qurilish bozoridagi yong‘indan so‘ng 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgan

TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Moskva viloyatidagi "Sindika" qurilish bozoridagi yong‘indan so‘ng 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi bedarak yo‘qolgan.

Ushbu xabarni tekshirish uchun O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi konsullik bo‘limi Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligining tegishli bo‘linmasi bilan bog‘landi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar berdi.

Bugun, 10-oktabr Moskva vaqti bilan soat 9.00da Rossiya tomoni yuqorida qayd etilgan yong‘inda O‘zbekistonning yo‘qolgan yoki yaralangan fuqarolari haqidagi ma’lumotga ega emas.

Ushbu masala elchixona konsullik boshqarmasining doimiy nazoratiga olingan.

Yangiliklar lentasi
0