TOShKENT, 10 okt — Sputnik. Janubiy Koreya immigratsiya xizmati mamlakatdan uch nafar xitoylik ayolni chiqarmayapti. Daily Mirror nashri xabar berishicha, ayollarning yuzlari muvaffaqiyatsiz o‘tgan plastik operatsiyadan keyin shishib ketib, pasportlaridagi suratlarga muvofiq kelmay qolgan.
Boshlari bintlangan, yuzlari shishib ketgan xitoyliklarning surati ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketdi.
— Daily Mirror (@DailyMirror) 9 oktabrya 2017 g.
Ayollar pasport nazoratidan o‘tayotgan mahalda ushlab qolingan.
Nashrning yozishicha, XXR fuqarolariga o‘z vatanlariga qaytishga ruxsat berilgan-berilmagani hozircha noma’lum.