Ushbu o‘quv mashg‘ulotlar oxirgi 12-yil ichida ilk bor o‘tkazildi. Mashg‘ulotlarda Rossiya Markaziy harbiy okrugi Tiva Respublikasida joylashgan tog‘-o‘qchi brigadalari ishtirok etdi. Umumiy hisobda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarida 400ga yaqin askarlar ishtirok etdilar.
Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.
Aksilterror operatsiyasida qo‘yilgan o‘quv jangovar topshiriqlarni muvaffaqiyatli bajargan harbiy xizmatchilar — O‘zbekiston tomonidan mayor Azamat Jabborov, mayor Xurshid Mamadaliyev, kichik serjant Habibullo Xolboyev, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Doston Mamatov, Rossiya tomonidan vzvod komandiri katta leytenant Sergey Baromiko, serjant Buyan Kenden, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Amir Kilik taqdirlandi.
Bugungi zamon jangining o‘ziga xos xususiyatlari inobatga olingan va real harbiy harakatlarga maksimal darajada yaqinlashtirilgan mashqlarda birlashgan qo‘mondonlik tomonidan qo‘yilgan o‘quv jangovar topshiriqlarini O‘zbekiston Mudofaa vazirligi Harbiy Havo kuchlari va artilleriya bo‘linmalari, O‘zbekiston va Rossiya harbiy okruglarining tog‘-o‘qchi bo‘linmalari bajardi.
Olingan razvedka ma’lumotlariga ko‘ra rejalashtirilgan harakatlar davomida shartli dushmanning moddiy ta’minot bazalari, texnika vositalari va boshqa kuchlari batamom yakson qilinib, garovga olinganlar ozod qilindi.

1/23
© Press-slujba SVO MO RF
"Forish" harbiy poligonda O‘zbekiston-Rossiya harbiy o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkazildi

2/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiya Markaziy harbiy okrugi Tiva Respublikasida joylashgan tog‘-o‘qchi brigadalar ishtirok etdi.

3/23
© Press-slujba SVO MO RF
Abakangacha piyoda yurish marshidan va Toshkentgacha havo kemada uchib kelishdan so‘ng rossiyalik harbiylar Jizzax viloyatidagi "Forish" tog‘ o‘quv poligoniga yetib kelishdi

4/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

5/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

6/23
© Press-slujba SVO MO RF
"Forish" poligoni dengiz sathidan 2 ming metr baladlikda joylashgan bo‘lib, barcha harbiy taktik vazifalarni amalga oshirish uchun kerakli trenajerlar bilan jihozlangan. Poligonda shartli ravishda nomlangan "dushmanlar aholi punkti" joylashgan.

7/23
© Press-slujba SVO MO RF
Umumiy hisobda ushbu o‘quv mashg‘ulotlarda 400ga yaqin askar va zobitlar ishtirok etdilar.

8/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiya Federatsiyasi harbiylari uchun qurol-yarog‘ va harbiy texnika namoyishi bo‘lib o‘tdi.

9/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki mamlakat harbiylar merganlik bo‘yicha bellashdilar

10/23
© Press-slujba SVO MO RF
O‘quv mashg‘ulotlarga marsh-brosok, terrorchilik guruhlarni yo‘q qilish, dushman ta’minotini yakson qilish vazifalarni o‘z ichiga olgan

11/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki mamlakat harbiylari o‘tkazilgan mashg‘ulotlardan qoniqish hosil qilib, shu yil yakuniga qadar harbiy sohasida hamkorlik qilish rejasini kelishib olishni rejalashtirdilar

12/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiya harbiylari o‘quv mashg‘ulotlar, ayniqsa harbiylar joylashuv sharoitlari yuqori darajada tashkil etilganligini qayd etdilar

13/23
© Press-slujba SVO MO RF
O‘quv mashg‘ulotlardan tashqari Rossiya harbiylari Samarkand shahriga ham tashrif buyurishdi

14/23
© Press-slujba SVO MO RF
Marosimda O‘zbekiston Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli hamda Rossiya Federatsiyasi Markaziy harbiy okrugi ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturi namoyish qilindi.

15/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ochilish marosimi doirasida ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘rtasida mini-futbol, voleybol, arqon tortish, armrestling kabi sport turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

16/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiyalik zobir va askarlari O‘zbekiston milliy madaniyati boyligini va mehmondo‘stligini alohida e’tirof etishdi

17/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiya va O‘zbekiston harbiylari "Forish" poligonida

18/23
© Press-slujba SVO MO RF
Sovmestnie rossiysko-uzbekskie ucheniya na poligone "Forish"

19/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki davlat harbiylari nishonlarni dastlabki aerorazvedka yordamida yo‘q qilish mashg‘ulotlarni o‘tkazishdi

20/23
© Press-slujba SVO MO RF
Rossiyalik harbiylar zamonaviy "Ratnik" kiyim boshni namoyish qilishdi

21/23
© Press-slujba SVO MO RF
O‘quv mashg‘ulot ishtirokchilar o‘z hamkasblarining texnika va texnologiyalari bilan tanishib chiqishdi

22/23
© Press-slujba SVO MO RF
Ikki davlat harbiy xizmatchilari o‘tish murakkab bo‘lgan tog‘li hududlarda noqonuniy qurollangan kuchlarni yo‘q qilish bo‘yicha aksilterror operatsiyasini amalga oshirishdi.

23/23
© Press-slujba SVO MO RF
O‘zbekiston va Rossiya qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarni o‘tkazish haqida kelishuv shu yilning iyul oyida ikki davlat mudofaa idoralari kelishuvi asosida o‘tkazildi. Bu juda ahamiyatli voqea hisoblanadi. So‘ngi bor bu kabi mashg‘ulotlar 12-yil avval o‘tkazilgan edi.