Rossiya snayperlari uzoq masofaga o‘q uzish bo‘yicha absolyut rekord o‘rnatdi

© LobaevarmsSpetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya snayperlari 4210 metr masofadagi nishonni zabt etib yangi mutlaq jahon rekordini o‘rnatishdi. Oldingi rekord 3450 metr bo‘lib, AQSh snayperlari tomonidan o‘rnatilgan edi.

TOShKENT, 9 okt – Sputnik. Rossiyalik snayperlar uzoq masofaga o‘q uzish bo‘yicha yangi mutlaq jahon rekordi o‘rnatishdi, deb xabar qilmoqda «Voyennoe obozrenie» nashri.

© LobaevarmsSVLK-14 Cumrak
SVLK-14 Cumrak - Sputnik O‘zbekiston
SVLK-14 Cumrak
Andrey Rabinskiy boshchiligidagi snayperlar guruhi SVLK-14 snayper vintovkasi yordamida 4210 metr masofada o‘rnatilgan 1x1 m nishonni muvaffaqiyatli zabt etishdi.

“Bunday masofaga o‘q uzish uchun juda ko‘p parametrlarni hisobga olish kerak: shamol tezligi, havo harorati va havo bosimi, derivatsiya,  hatto yer sharining aylanishini ham hisobga olish kerak. Biz jamoamiz bilan bunga 8-yil tayyorlandik”, — deydi  Rabinskiy.

© LobaevarmsSpetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak - Sputnik O‘zbekiston
Spetsialnaya snayperskaya vintovka SVLK-14 Cumrak
Yangi rekord maxsus vintovka yordamida o‘rnatildi. Integratsiya qilingan tizimlar konstruktor burosi – KBIS tarkibiga kiruvchi Lobaev Arms firmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan “SVLK-14 Sumrak”  vintovkasi kalibri 40 mm, o‘q og‘irligi 27 gramm bo‘lgan maxsus patron bilan o‘q uzadi. 4,2 km masofani bosib o‘tish uchun ushbu o‘qga 13 sekund vaqt kerak bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, eng uzoq masofadagi nishonga olish bo‘yicha bundan oldingi rekord AQSh snayperlariga tegishli bo‘lib ularning natijasi 3450 metrni tashkil qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0