O‘zbekistonda yangi himoyalangan messenjer yaratildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSotsialnie seti
Sotsialnie seti - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ushbu dastur tashkilotning ichki tarmog‘ida tezkor xabar almashishda qattiq himoyalangan messenjer sifatida foydalanish mumkin.

TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Dasturchilar milliy katalogi xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda yangi kuchli himoyalangan messenjer yaratilgan.

"ALOQA" messenjeri bu XMPP protokoli orqali tezkor xabar almashuv dasturi bo‘lib, u quyidagi asosiy modullardan iborat: matnli xabarlar bilan tezkor almashish moduli, guruhlarga xabar jo‘natish moduli, O‘zbek/Rus/Ingliz tillari moduli, SIP protokoli bo‘yicha ovozli aloqa moduli, R2R fayl almashish moduli, TLS shifrlash moduli, ish stolini namoyish qilish moduli, konferensiyalar moduli va Active Directory (LDAP) o‘zaro bog‘lanish modullaridan iborat.

Messenjer mutaxassislar Musayev Ruslan, Navruzov Qo‘ldosh va Nagay Daniil tomonidan tomonidan yaratilgan. Intellektual mulk agentligida Aloqa dasturi mualliflariga DGU 04613 raqamli guvohnoma berildi.

Yangiliklar lentasi
0