Vladimirda halok bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari jasadlari Termizga olib kelindi

© Telekanal uzbekistan 24Postradavshix v DTP pod Pokrovom uzbekistansev dostavili v Uzbekistan
Postradavshix v DTP pod Pokrovom uzbekistansev dostavili v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
3 nafar og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonliklar Vladimir viloyatida davolanishda bo‘lib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va sog‘ligi yaxshilangach, O‘zbekistonga qaytadilar

TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Vladimir viloyatidagi YTHdan jabrlanganlar O‘zbekistonga olib kelindi, deb xabar qildi "O‘zbekiston 24" nashri.

Avtobus i poyezd stolknulis na j/d pereyezde vo Vladimirskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston
Vladimirdagi YTHda halok bo‘lganlar ro‘yxati e’lon qilindi
Rossiyaning Vladimir viloyati Pokrov tumanida 2017-yilning 6-oktabr kuni avtobus va poyezd to‘qnashuvi sodir bo‘lgan.

Shu kuni O‘zbekiston Hukumati qaroriga ko‘ra, yordam ko‘rsatish va jabrlanganlarni olib ketish uchun Vladimir viloyatiga maxsus samolyot va mutaxassislar yuborilgandi.

Vladimir viloyatidagi 36 nafar O‘zbekiston fuqarosi, 5 nafar ularning qarindoshlari bugun erta tongda O‘zbekistonga qaytib kelishdi.

Shuningdek, 15 nafar fuqaroning jasadi ham Surxondaryoga olib kelinib, 22 nafar surxondaryolik Termizda qoldi, samolyot esa Toshkentga yo‘l oldi.

3 nafar og‘ir jarohat olgan o‘zbekistonliklar Vladimir viloyatida davolanishda bo‘lib turibdi. Ularning ahvoli doimiy nazoratda va sog‘ligi yaxshilangach, Vatanga qaytadilar, deb xabar qilgan nashr.

Yangiliklar lentasi
0