TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonining g‘arbiy qismida, Jidda shahrida joylashgan qirol saroyiga hujum uyushtirildi, deb xabar qilinadi qirollik IIVning Tvitterdagi sahifasida.
Hodisa shanba kuni ertalab yuz bergan. Hujum davomida qo‘riqlash xizmatining yana uch xodimi jarohat olgan.
Hujum uyushtirgan shaxs qirollik fuqarosi — 28 yashar Mansur al-Amriy ekanligi ma’lum.
Hujum uyushtirgan shaxsning avtomashinasidan Kalashnikov avtomati va uch dona "Molotov kokteyli" topilgan. Hujum qanday maqsadni ko‘zlab va qay holatda amalga oshirilgani hozircha noma’lum.
Ta’kidlab o‘tish joizki, shu kunlarda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz al-Saud Moskvaga rasmiy tashrif uyushtirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan turli sohalarda hamkorlik to‘g‘risida 14ta hujjat imzolagan edi.