TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Ikkita viloyatga yangi prokurorlar tayinlandi, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi prokuraturasi matbuot-xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining joriy yil 3-oktabrdagi buyrug‘iga muvofiq, adliya katta maslahatchisi Sadriddin Abdullayevich Turdiyev O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Farg‘ona viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.
Shuningdek, adliya katta maslahatchisi Akmalxo‘ja Yusupovich Mavlonov O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va "Prokuratura to‘g‘risida"gi Qonuniga asosan Xorazm viloyat prokurori lavozimiga 5-yil muddatga tayinlandi va mazkur prokuratura hay’ati raisi etib tasdiqlandi.